Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 11-noyabr kuni Samarqandga yetib keldi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, uni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Gurbanguli Berdimuhamedov bugun faxriy mehmon sifatida Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qatnashadi.
10-noyabr kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgandi.
Mavzuga doir: Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammitiga tashrif buyurgan davlat rahbarlari — suratlarda