Turkish Airlines’ning Istanbuldan Buxoroga uchgan samolyoti Toshkent aeroportiga yo‘naltirildi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo neba” Telegram-kanali xabar qildi.
Ushbu aviakompaniyaning 11-noyabr kuni Istanbuldan Buxoroga uchgan TK-266 reysi noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rinishning cheklangani, bulut) tufayli aeroportga qo‘na olmay, Toshkentga yo‘naltirilgan.