Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ko‘pchilik Gollivudda aktyorlik qilishni orzu qiladi, lekin hamma ham aktyorlik tuzoqlari haqida o‘ylamaydi. Bu shunchalik mashaqqatli ishki, ko‘pchilik ijodkorlar bosimga chiday olmay, o‘z salohiyatini boshqa sohada ro‘yobga chiqarishga qaror qiladi.

Juliya Roberts

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Sohibjamol” melodramasidagi bosh rol ijrochisi 2000-yillarda xuddi shu nomdagi film qahramoni Erin Brokovich obrazini yaratgan aktrisa hippi turmush tarzini afzal ko‘rishini tan oladi. Aktrisa buni shunday izohlaydi: “Men bugungi kunimdan zavqlanishga harakat qilaman. Kelajakni o‘ylamayman. Yaqin orada rejalashtirilgan yirik loyihalarim yo‘q. Men oilam qurshovida ekanimligimdan xursandman”.

 Kemeron Diaz

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Kemeron Gollivudni tark etganidan afsusda emas. Ilgari aktrisaning shaxsiy hayotiga umuman vaqti yo‘q edi. “Biz yuqori marralarni uzoq vaqt ushlab tursak, vaqt o‘tishi bilan o‘zimiz o‘zimizga tegishli emasdek tuyula boshlaydi. Mening kuchim shunchaki tugadi”, — deydi u.

Jessika Alba

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jessika birinchi marta “Fantastik to‘rtlik” rejissori uning ijrosini tanqid qilib, “Yig‘laganingda juda ahmoqona va tushkun ko‘rinasan. Yoqimli ko‘rinishga harakat qil” deganidan keyin aktrisalik faoliyatini tugatish haqida o‘ylagan edi. Keyinchalik Alba irqiy kamsitishlarga ham duch keladi: “Lotinamerikalik qiz rolini o‘ynash uchun menda lotinamerikaliklarning, bosh qahramonlarni o‘ynash uchun esa yevropaliklarning qiyofasi yetishmasligini aytishdi. Shuning uchun menga ko‘proq epizodik rollar berildi”. Hozirda Jessika o‘z biznesini yuritadi va onalik baxtidan zavqlanadi.

Tobi Maguayr

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Suratga olish maydonchasidagi sobiq hamkasblaridan biri u bilan ishlash qiyinligini aytadi. E’tibordan charchagan aktyor prodyuserlikka o‘tishga qaror qiladi.

Jek Glison

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jekning so‘zlariga ko‘ra, u kinoda faqatgina maza qilish uchun o‘ynagan: “Xobbi ishga aylanishi bilanoq, unga bo‘lgan munosabatingiz o‘zgaradi. Men aktyorlikdan zavqlanmay qolganim uchun ketmadim. Bu shunchaki men qilishni xohlaydigan ish emas”. Glison e’tibordan chetda yashashni tanladi va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ham o‘chirib tashladi. U Gollivud standartlari bo‘yicha juda kamtarona uy-joyga ega bo‘lganidan xursand va agar u yulduz bo‘lmaganida, bundan ham baxtliroq bo‘lishini tan oladi.

Jennifer Lourens

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jennifer ekranlardan g‘oyib bo‘lishi sabablari haqida ochiqchaiga shunday deydi: “Menimcha, hamma mendan charchagandek. Men o‘zimdan charchadim. Nima qilsam ham, hammasini noto‘g‘ri qildim”. Uning qaroriga odamlardan uzoqlashish va oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish istagi ham ta'sir qilgan.

 Endryu Garfild

“Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oskar”ga nomzod bo‘lganidan so‘ng, Endryu kelajakdagi rejalarini qayta ko‘rib chiqish uchun karyerasidan tanaffus qilishga qaror qildi: “Men bir muddat oddiy hayot kechirishni xohlayman”. Tig‘iz ish jadvali tufayli u qiz do‘sti bilan ajrashdi, bu esa bunday qiyin qarorga hissa qo‘shgan bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi