Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Internet tarmog‘ida ukrainalik jurnalist va bloger Dmitriy Gordonning isroillik tadbirkor Leonid Nevzlin bilan videointervyusi tarqalib, go‘yoki unda Eronning uchuvchisiz uchoqlari (dron) O‘zbekiston hududida yig‘ilayotgani to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar keltirilgan, deb bayonot bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Eron Islom Respublikasi bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmaydi va o‘z hududida Eron harbiy texnikasini yig‘maydi.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtgacha Ukraina tomonidan ham, boshqa xorijiy hamkorlardan ham “Eron dronlarini yig‘ish” masalasi bo‘yicha rasmiy murojaatlar kelib tushmagan.

Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi Ukraina rasmiy hukumatiga Ukraina ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston to‘g‘risida ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday asossiz ayblovlar va boshqa ishonchsiz ma’lumotlar tarqatilishining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘rab murojaat qildi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)