Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining huquqbuzarlik va hodisalar yuzasidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasi bo‘linmalarini xabardor qilish hamda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Qorovullik bo‘linmalari davlat organlari va tashkilotlarida jinoyatlar, huquqbuzarliklar, shubha uyg‘otuvchi va qidiruvdagi shaxslar, avariyalar, yong‘inlar, halokatlar va boshqa noxush holatlar aniqlanganda:

  • darhol hududiy ichki ishlar organining navbatchilik qismiga xabar beradi;
  • ichki ishlar organlari yoki Milliy gvardiya xodimlari yetib kelgunga qadar huquqbuzarlik va hodisalarning izlari saqlanishini ta’minlaydi;
  • ichki ishlar organlari yoki Milliy gvardiya xodimlariga hodisa yuzasidan axborot beradi;
  • tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etadi, odamlarni evakuatsiya qilishda yordam ko‘rsatadi.
Berilgan xabarlari jinoyat sodir etgan yoki qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlashda, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlarni bartaraf etishda muhim o‘rin egallagan qorovullik bo‘linmalari xodimlariga bir martalik pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar berilishi mumkin.

Hujjat qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va kuchga kirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda