Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida 2022-yil 27-oktabrdan boshlab poytaxtda ayrim avtobus yo‘nalishlarida o‘zgarish bo‘ladi.

Jumladan,

  • “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 142-sonli “Tiklanish mahallasi – Katta Xasanboy mahallasi” avtobus yo‘nalishining harakati Tiklanish ko‘chasidagi so‘nggi bekati 472 va 473-uylar qarshisidagi manzilgacha qisqartiriladi;
  • “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 31-sonli “Qoraqamish 2/4 mavzesi – Chinni bozori bekati” “Onlayn-GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yo‘nalishining harakati Qoraqamish 4-ko‘chasi bo‘ylab “Nihol mahallasi”ga bormagan holda “Qoraqamish 2/4 mavzesi”gacha qisqartiriladi;
  • “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 87-sonli “Qoraqamish 2/4 mavzesi – Chinni bozori bekati” “Onlayn-GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yo‘nalishining to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati Beruniy ko‘chasidan Farobiy, Mirzo G‘olib, Qamarniso, Talabalar ko‘chalari orqali va keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir tomonlama tashkil etilib, qaytish yo‘nalishdagi harakati o‘zgarishsiz qoldiriladi;
  • “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 125-sonli “O‘rikzor mavzesi – Do‘mbirabod ko‘chasi bekati” “onlayn-GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yo‘nalishining to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati Zarafshon ko‘chasidan Samarbonu, THAY ko‘chalari orqali va keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir tomonlama tashkil etilib, qaytish yo‘nalishdagi harakati o‘zgarishsiz qoldiriladi;
  • “7-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 33-sonli “Karvon bozori bekati – Saodat savdo markazi bekati” avtobus yo‘nalishining ish tartibi soat 5:30 dan 21:00 gacha etib belgilanadi;
  • “2-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 30-sonli “Olmos mahallasi – Toshkent MUM ASHB” avtobus yo‘nalishining harakati Ohangaron shossesidan Beshariq, Aviasozlar, Hosiyat, Zumrad, Shohimardon, Ohangaron shossesi orqali o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi;
  • “1-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 15-sonli “Qo‘yliq 1-mavzesi – Do‘stlik metrosi ASHB” avtobus yo‘nalishining harakati Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Munis ko‘chasi hamda “Qo‘yliq 1-mavzesi” bekati orqali THAY bo‘ylab “Qo‘yliq dehqon bozori”gacha, qaytish yo‘nalishida “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatidan THAY, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda tashkil etilib, yo‘nalish nomi 15-sonli “Qo‘yliq dehqon bozori - Do‘stlik metrosi ASHB” avtobus yo‘nalishi etib belgilanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi