Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 11,4 million dollarga teng bo‘lgan 484 ta yuk avtomobilini eksport qildi.
Yuk avtomobillari eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 88 taga kamaygan. O‘zbekiston 8 oyda yuk avtomobillarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston —176 ta;
- Qirg‘iziston — 128 ta;
- Tojikiston — 80 ta;
- Ozarbayjon — 60 ta;
- Belarus — 28 ta.