Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda yangi — “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini boshladi. Ko‘rsatuvning 1-soni mehmoni Rasul Kusherbayev shaharsozlik sohasidagi muammolar va ularning yechimlarini birma-bir sanab o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Parkovka masalasi, turar joylar, shaharning infratuzilmasini yaxshilash masalasida quyidagilar amalga oshirilishi kerak deb hisoblayman. Birinchi navbatda, masalaga ilmiy yondashuv kerak. Bunga ham ilm sifatida qarashimiz kerak endi.

Ikkinchisi, ochiqlik. Muloqotni kuchaytirish kerak. Chunki bu yerda manfaatdor tomon — xalq. Qaror qabul qilayotgan tomon dialogga kirishsin.

Uchinchisi, bosh rejalarni tasdiqlatish kerak. Endi uyat to‘g‘risi. 30 yildan oshdi O‘zbekiston mustaqil bo‘lganiga. Lekin haligacha shahrimizning bosh rejasi yo‘q. Ilmiy muassasalarimiz, institutlarimiz bor, ular nimani o‘qiyapti o‘zi? Qurilish vazirligining nima keragi bor agar bitta Toshkentning bosh rejasini qilib berolmasa?

Bundan tashqari, bosh rejaning strategik, yopiq qismiga tegmay, ma’lum joylarini maxfiylik kategoriyasidan ochiq kategoriyaga o‘tkazish kerak. Aholi bilsin hudud 30—50 yildan keyin qanaqa ko‘rinishda bo‘lishini.

Shuningdek, shaharsozlikda yangi talab qo‘yish kerak. Quruvchilarga podvaldan avtoturargoh sifatida foydalanishni shart qilish zarur. Birinchi raqamli talab bo‘lsin, — deydi Qonunchilik palatasi deputati.

Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov