Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qatar energetika vaziri Saad Sherida Al Kaabi, agar vaziyat o‘zgarishsiz qoladigan bo‘lsa, Qatar amirligi Yevropaga yiliga 12-15 million tonna suyultirilgan gaz yetkazib berishini aytdi. Bu haqda u energetika forumida ma’lum qildi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Al Kaabining aytishicha, yaqin orada Qatar energiya ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. Vazir amirlikning dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatga aylanishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq Qatar amiri mamlakat yetkazib beradigan yonilg‘i Yevropada Rossiya gazining o‘rnini to‘liq qoplay olmasligi haqida ogohlantirgandi.

2021-yil fevral oyida Qatar davlat neft-gaz kompaniyasi Qatar Petroleum Fors ko‘rfazining markaziy qismida dunyodagi eng yirik “Shimoliy” (North Field East) gaz konini qazish va uning negizida suyultirilgan gazni qayta ishlash zavodini qurish loyihasini boshlagan edi.

2022-yil iyun oyida loyihaga ExxonMobil va TotalEnergies qo‘shildi. Loyihaning qiymati 30 milliard dollarga baholanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi