Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida ichimlik suvini sotishdan tushgan naqd pullarni o‘zlashtirgan operator aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Dehqonobod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda tuman suv ta’minoti filialining “Qorashina” suv tarqatish shoxobchasi operatori Ch.T. o‘zining moddiy javobgarligidagi ichimlik suvini o‘lchash uskunasini qasddan nosoz holatda keltirib, aholiga ichimlik suvini sotishdan tushgan jami 125,6 million so‘m naqd pulni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Sport
Boks yulduzi Saul Alvares Messi va Argentina xalqidan uzr so‘radi