Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Markaziy bank O‘zbekistonda avgust oyi uchun omonatlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, avgustda jismoniy shaxslar uchun ajratilgan omonatlarning o‘rtacha foiz stavkasi avvalgi oyga nisbatan 0,2 foizga o‘sgan va 21 foizni tashkil qilgan. 

Kompaniyalarga ajratilgan omonatlar foizi esa iyulga nisbatan 0,1 foizga tushib, o‘rtacha 17,1 foiz bo‘lmoqda.  

Avgust oyida jismoniy shaxslarga ajratilgan omonatlarning o‘rtacha foizi yil boshidan beri eng yuqori darajani qayd etgan. 

Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun chet el valyutasidagi omonatlarning o‘rtacha foiz stavkasi o‘tgan oyga nisbatan 0,1 foizga o‘sib, 4 foizga yetgan. Kompaniyalar uchun esa bu ko‘rsatkich 0,9 foizga pasayib, 3 foiz bo‘lib turibdi.

Avvalroq O‘zbekiston banklarida taklif etilayotgan dollardagi omonatlar haqida ma’lumot berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov