Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turi “Kopengagen”ga qarshi uchrashuvda (5:0) dublni rasmiylashtirdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Norvegiyalik futbolchi “shaharliklar” safida ketma-ket 8-o‘yinda gol urdi. Ushbu 8 o‘yinda Erling 16 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Umumiy hisobda Holand ingliz klubi safidagi 12-o‘yinida 19-goliga mualliflik qildi.

Shuningdek, 22 yoshli futbolchi YCHLdagi gollari sonini 28 taga yetkazib oldi va Luis Suares (27 ta gol), Rivaldo (27), Edin Jeko (26), Sadio Mane (25), Rahim Sterling (25) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Erling Holand ingliz klubi safida YCHLning dastlabki 3 o‘yinida gol urgan tarixdagi 3-futbolchiga aylandi. Undan avval Maruan Shamax (“Arsenal”) va Ferran Torres (“Manchester Siti”) ushbu natijani qayd etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi