Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha OFK Kubogi hududlararo finalda “So‘g‘diyona” 5-oktabr, chorshanba kuni “Kuala Lumpur” bilan bahs olib bordi.

Foto: “So‘g‘diyona”

Foto: “So‘g‘diyona”

Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Asosiy bo‘limlarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Jamoalar o‘z kurashini qo‘shimcha bo‘limlarda davom ettirdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham gol urilmadi va penaltilar seriyasida “So‘g‘diyona” 3:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa Ulug‘bek Baqoyev jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

OFK Kubogi hududlararo final 

5-oktabr, chorshanba

“So‘g‘diyona” (O‘zbekiston) — “Kuala Lumpur” (Malayziya) 0:0

Penaltilar seriyasi: 3:5

“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 6. Iskandar Shoyqulov (77. Daniel Nasriddinov, 107), 7. Shahboz Jo‘rabekov, 10. Shohruz Norxonov (17. Husniddin G‘ofurov, 112), 11. Jasur Hasanov, 19. Javohir Qahramonov, 21. Abdujalil Manazarov (5. Ayubxon Nomanov, 112), 26. Vitaliy Denisov (39. Shavkat Salomov, 67), 31. Luka Chermel, 93. Marko Kolakovich.

“Kuala-Lumpur Siti”: 1. Kevin Ray Mendosa, 4. Kamol Azizi, 6. Rayan Lambert, 7. Romel Morales, 8. Zafri Yahyo, 9. Jankarlo Gallifuoko, 12. Deklan Lambert, 14. Akrom Mahinan, 16. Janasekaran Partiban, 17. Irfon Zakariya, 28. Paulo Jozue.

Ogohlantirishlar: Sardor Qulmatov (78), Paulo Jozue (82).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi