Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon Savdo Tashkiloti (JST) 2023-yilda jahon savdosi atigi 1 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Bu ko‘rsatkich avvalroq prognoz qilingan 3,4 foizdan kamaydi. Shu bilan birga, JST joriy yilda jahon savdosining o‘sishi prognozini biroz yaxshiladi — aprel oyida prognoz qilgan 3 foizdan 3,5 foizgacha.

Global savdo 2022-yilning ikkinchi yarmida jadallikni yo‘qotishi va 2023-yilda ham bu davom etishi kutilmoqda, chunki global zarbalar iqtisodiyotga og‘irlik qiladi, — dedi JST.

Tashkilot tahlilchilarining fikriga ko‘ra, bu turli mintaqalardagi omillar bilan bog‘liq: Yevropada — energiya narxining ko‘tarilishi, AQSHda — pul-kredit siyosatining keskinlashishi va Xitoyda — COVID-19 tufayli lokdaunlar va global talabning pasayishi.

JST 2022-yil uchun YIM o‘sishi prognozini 2,8 foiz darajasida saqlab qoldi. 2023-yil uchun YIM o‘sishi prognozi 3,3 foizdan 2,3 foizga yomonlashdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Kino
“Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)