Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyaning Gascade tarmoq operatori Yamal—Yevropa quvuri orqali Germaniyadan Polshaga sharqiy yo‘nalishda gaz yetkazib berish qayta tiklangani haqida ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Deyarli butun kun davomida Polsha—Germaniya chegarasidagi kompressor stansiyasi orqali gaz quyish tezligi nolga teng edi.

Bugun erta tongda Gascade avtomagistral orqali energiya resurslarini quyish qisqa muddatda tiklanishi haqida xabar berdi. 

Germaniya bilan chegaradagi Malnow o‘lchash punktida nasos darajasi mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 09:00 gacha nol darajasida qoldi, 05:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 712 511 kVt/soatga chiqdi, — deb yozadi Reuters.

Bahorda Polsha hukumati Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorlikni butunlay to‘xtatganini e’lon qilgan edi. 

Shundan so‘ng, “Gazprom” Polsha to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish to‘xtatilganidan keyin Germaniyadan Rossiya gazini sotib olishda davom etayotganini ma’lum qildi. 

12-may kuni “Gazprom” o‘zining Polshadagi sho‘ba korxonasi “EuRoPol Gaz” sanksiyalar reyestriga kiritilgani munosabati bilan Yamal—Yevropa quvurining Polsha qismidan endi foydalanmasligini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi