Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining 2022—2026-yillarda turistik salohiyatini kompleks rivojlantirish to‘g‘risida”gi 543, 545 va 546-son qarorlari qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar qildi.

Qayd etilishicha, hujjatlar ushbu hududlarda turizmni rivojlantirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar hamda yillik maqsadli ko‘rsatkichlarni nazarda tutmoqda. Xususan, hududlarda quyidagilar rejalashtirilgan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida:

  • Mo‘ynoqda turizm masalalariga oid xalqaro konferensiya o‘tkazish;
  • Qoraqalpog‘istonning har bir shahar va tumanidan 500 nafar aholini respublikaning turistik hududlariga yuborilishini tashkillashtirish.
Xorazm viloyati:
  • Xorazmshohlar davlat muzeyini tashkil etish;
  • “Xorazm” turistik brendini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazish;
  • 2024-yilga qadar Xiva shahrigacha tezyurar poyezdni yo‘lga qo‘yish;
  • “Urganch—Boku—Urganch”, “Madrid—Urganch—Toshkent” yo‘nalishlari bo‘yicha, shuningdek, Pokiston, Indoneziya, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlaridan muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish;
  • turistik mahallalarni barpo etish.
Buxoro viloyati:
  • 2022—2026-yillarda Buxoroga turistik oqimni (mahalliy va xorijiy) 5 million nafarga, ushbu sohada eksport hajmini 600 million dollarga yetkazish;
  • 800 dan ziyod madaniyat obyektlarini birma-bir restavratsiya qilish;
  • “Street Food” gastronomik ko‘chasini barpo etish;
  • “Qadimgi Poykent” arxeologik yodgorligini muzeyga aylantirish va arxeologik park barpo etish;
  • Turkiya, Buyuk Britaniya, Fransiya muzeylarida saqlanayotgan, Abu Ali Ibn Sino qalamiga mansub qo‘lyozmalar nusxalarini shakllantirish va Buxorodagi muzeyga joylashtirish;
  • Buxoro jayronlar pitomnigini turistik joyga aylantirish;
  • yoshlar turistik forumini o‘tkazish.
Shuningdek, hujjatlarda ushbu hududlardagi bo‘sh turgan yerlarni auksion orqali mehmonxona va xostellar qurilishi uchun ajratish nazarda tutilgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi