Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqda “Samarqandda katta jinoyatchilar ushlandimi?” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Unda IIB xodimlari bir necha fuqarolarni kuch ishlatib xizmat mashinasida o‘tqazayotgani, ulardan biri qochishga uringani aks etgan. Viloyat IIB matbuot xizmati videodagi holatga aniqlik kiritdi.

Unda aytilishicha, 26-sentabr kunidan 27-sentabr kuniga o‘tar kechasi Samarqand shahri hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati bo‘linmalari patrul-post xizmati batalyoni xodimlari Samarqand shahrining Ibn Sino va Daxbet ko‘chalarida xizmat olib borayotgan vaqtida, bank ro‘parasida turgan fuqaro belgilanmagan joyda tamaki mahsulotini iste’mol qilayotganini ko‘rgan.

Unga jamoat joyda chekmasligi tushuntirilgan vaqtda fuqaro xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, ularga baqirib, ikki nafar sherigi bilan xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Qo‘shimcha kuchlar yetib kelgandan so‘ng fuqarolar Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 9-son IIBga olib borilib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddalari (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish)ga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...