Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Paxtakor” bosh murabbiyi Maksim Shatskix Superliga 20-turi doirasida “Nasaf”ga qarshi kechgan bahsdagi mag‘lubiyatdan (0:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: “Paxtakor”

Foto: “Paxtakor”
O‘yin haqida

Bu o‘yinda biz birinchi navbatda xohishda yutqazdik. “Nasaf” g‘alabani ko‘proq xohladi. Shu bois mehmonlar yutdi. Birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz juda yomon bo‘ldi.

Terma jamoa o‘yinlaridan keyin doim shunday bo‘lgan. Terma jamoa yig‘inidan yigitlar charchagan holda yetib keldi. Bundan tashqari ayrim futbolchilar bizga yordam bera olmadi.

Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar qildik, raqibni har tomonlama mag‘lub etdik. Ammo so‘nggi uzatmani bera olmadik. Shunga qaramay ikkinchi bo‘limda birinchisidan yaxshi o‘ynadik.

O‘yinga tanlangan uslub haqida

Hech narsadan qo‘rqmadik. Bizda taktik ishlanmalar ko‘p, istalgan paytda o‘zgartirishimiz mumkin. Kim taktikalarni tushunsa 3-5-2 va 3-4-3 hujumkor sxemalar. Afsuski birinchi bo‘limda markaziy himoyachilar bizning ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarmadi. Ikkinchi bo‘limda esa taktikani o‘zgartirdik va o‘yinimiz o‘zgardi. Doim o‘zimizga ma’qul taktikani izlaymiz.

Alijonovning zaxiraga olingani borasida

Alijonov terma jamoada ikkita o‘yin o‘tkazdi va uzoq safardan uchib keldi. Charchoq alomatlari sezildi. Oldinda oltita o‘yin bor. Hali hech narsa yo‘qotilmadi. Har bir o‘yinda g‘alaba uchun tushamiz.

Afsuski, endi barchasi bizga bog‘liq emas. O‘yindan oldin aytgandim: hammasi o‘z qo‘limiz, oyog‘imiz va boshimizda. Mag‘lubiyatsiz g‘alaba bo‘lmaydi.

Turg‘unboyevni qanot himoyasida o‘ynagani haqida

U himoyachi emas, buni bilardik. Ammo o‘z vaqtida bu joyda o‘ynash amaliyoti bo‘lgani uchun shu joyga qo‘ydik. O‘yin bo‘yicha e’tiroz deyarli yo‘q. Himoyada yaxshi o‘ynadi, biroq hujumda yanada faolroq bo‘lishini xohlardim.

Maksim Shatskix, “Paxtakor” bosh murabbiyi

Ushbu o‘yindan keyin “Nasaf” 41 ochko bilan peshqadamga aylandi. “Paxtakor” hisobida esa 38 ochko bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi