“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn Premyer Liga 9-turi doirasida “Arsenal”ga qarshi kechgan bahsda (1:3) jamoasining yagona goliga muallif bo‘ldi.
Keyn APL doirasida safarda urilgan gollari sonini 100 taga yetkazib, o‘z rekordini yaxshilab oldi. Hali hech qaysi futbolchi Premyer Liga tarixida safar o‘yinlarida bu qadar ko‘p gol urmagan.
Bu borada ikkinchi o‘rinda “Manchester Yunayted” va “Everton” klublari sobiq forvardi Ueyn Runi (94 ta gol) bormoqda, “Nyukasl” sobiq hujumchisi Alan Shirer (87) esa kuchli uchlikda joy olgan.
29 yoshli futbolchi “Arsenal” darvozasiga yettinchi marta penaltidan gol urdi va bitta raqib darvozasiga penaltidan gol urish borasida rekordni takrorladi.
Izoh (0)