Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 8-turida “Milan” safarda “Empoli” bilan bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limda milanliklar faolroq harakat qildi va 79-daqiqada Ante Rebichning goli evaziga hisobni ochdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Nedim Bayrami gol urib, muvozanatni tikladi. 90+4-daqiqada Fode Ballo-Ture “rossonerilar”ning navbatdagi goli muallifiga aylandi. 90+7-daqiqada esa Rafael Leau hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Milan” ochkolari sonini 17 taga yetkazib, 3-o‘rinni band etdi. “Empoli” esa 7 ochko bilan 14-pog‘onadan joy oldi.

A Seriya

8-tur bahsi

1-oktabr, shanba

“Empoli” — “Milan” 1:3

Gollar: 0:1 – 79 Rebich, 1:1 – 90+2 Bayrami, 1:2 – 90+4 Ballo-Ture, 1:3 – 90+7 Rafael Leau.

“Empoli”: Vikario, Stoyanovich, Luperto, de Vinter, Parizi, Henderson (Bayrami, 58), Grassi (Marin, 45), Haas (Kambyagi, 83), Pyasa (Bandinelli, 58), Lammers, Satriano (Destro, 82).

“Milan”: Teterushanu, Kalabriya (Kalulu, 39), Kyer (Dest, 73), Tomori, Ballo-Ture, Bennaser, Salemakers (Krunich, 33), Tonali, de Ketelare (Braim Dias, 73), Jiru (Rebich, 73), Rafael Leau.

Ogohlantirishlar: Kyer (24), Haas (26), de Vinter (56), Luperto (61), Zanetti (81), Bennaser (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“PSJ” peshqadam, “Barselona” 2-o‘rinda. JCH—2022 da qaysi klub vakillari eng ko‘p gol urmoqda?
Dunyo
“Ha, biz buni qilyapmiz, lekin Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi?” Putin — Ukraina energetika obyektlariga zarbalar haqida
Mahalliy
“O‘zgidromet” anomal sovuq ob-havo qachongacha saqlanib qolishini ma’lum qildi