Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-turi doirasida 1-oktabr, shanba kuni Bahraynga qarshi bahs olib bordi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

O‘zbekiston 6:1 hisobida zafar quchdi. Elbek To‘lqinov, Mashrab Odilov, Shahram Faxriddinov, Husniddin Nishonov bittadan gol urgan bo‘lsa, Akbar Usmonov dublni rasmiylashtirdi. Bahrayn tarkibida esa Ammar Hassan bitta gol urdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogining uchinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. 1-turda Bahodir Ahmedov shogirdlari Turkmaniston ustidan 8:0 hisobida zafar quchgandi., 2-turda esa Tojikiston 3:2 hisobida mag‘lub etilgandi.

Osiyo Kubogi

Guruh bosqichi, 3-tur

1-oktabr, shanba

O‘zbekiston — Bahrayn 6:1

Gollar: 1:0 — 6 Elbek To‘lqinov, 2:0 — 19 Akbar Usmonov, 3:0 — Mashrab Odilov, 4:0 — 26 Shahram Faxriddinov, 5:0 — 27 Husniddin Nishonov, 6:0 — 30 Akbar Usmonov, 6:1 — 35 Ammar Hassan.

O‘zbekiston: Rustam Umarov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo‘rayev, Dilshod Rahmatov, Elbek To‘lqinov.

Zaxiradagilar: Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev, Anasxon Rahmatov, Davlat Ibragimov, Shahram Faxriddinov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)