Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Kaliningrad shahrida og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Qayd etilishicha, fuqaro D.A. Rossiyaga 2019-yilning noyabr oyida ishlash uchun borib, Kaliningrad shahrida qonuniy ravishda faoliyat yuritgan. Ammo 2022-yil iyul oyida ish vaqtida ehtiyotsizligi sababli baxtsiz hodisaga uchrab, og‘ir tan jarohati olgan.

Oqibatda umurtqa suyagi singan. Orttirilgan jarohati tufayli fuqaro mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan. Shundan so‘ng Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligi hamda Bosh konsulxonaga vatanga qaytishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Fuqaroning murojaati o‘rganildi va Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachipta olib berildi, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi hamkorligida Kaliningrad–Moskva–Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali ortga qaytarildi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi