Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna 27-sentabr, seshanba kuni amaliy tashrif bilan Kiyevga keldi. Bu haqda diplomat Twitter’da ma’lum qildi.

“Xayrli tong, Ukraina! Fransiya siz tomonda. Kiyevga yana kelganimdan xursandman”, — deb yozgan TIV rahbari. Siyosatchi, shuningdek, Fransiyaning Ukrainadagi elchisi bilan Ukraina poytaxti bo‘ylab sayr qilgani aks etgan suratni joylashtirgan.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Fransiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Kolonna Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashadi.

“U Fransiya tomonidan mudofaa jihozlarining yetkazib berilishi, jinoyatlarning jazosiz qolishiga qarshi kurashish, shuningdek, moliyaviy va gumanitar jihatdan yanada ko‘proq yordam ko‘rsatilishini qayd etadi”, — deyilgan vazirlik xabarida.

Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari Sebastyan Lekornu Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qisman safarbarlik haqidagi bayonotlaridan so‘ng Fransiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Parij Kiyevga qurol yetkazib berish va Ukraina qurolli kuchlari askarlarini tayyorlashda davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi