Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston Ukrainaning to‘rt viloyati — Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojyening Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumlarni tan olmaydi, deb xabar qildi Qozog‘iston respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Anadolu

Foto: Anadolu

“O‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hamda Zaporojye va Xerson viloyatlari harbiy ma’muriyatlarining Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazishiga kelsak, Qozog‘iston davlatlarning hududiy yaxlitligi, ularning suveren tengligi va tinch-totuv yashashi tamoyillaridan kelib chiqadi”, — dedi TIV matbuot kotibi Aybek Smadiyarov o‘z bayonotida.

Qozog‘iston TIV vakili shuningdek, mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning BMT minbaridan so‘zlagan nutqiga e’tibor qaratdi — u ushbu jahon tashkiloti Nizomiga asoslanadigan xalqaro huquq tamoyiliga sobitqadamlik bilan rioya qilish muhimligini ta’kidlagan edi. Nizomda BMTga a’zo davlatlarning tinchlikni saqlash va davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish mas’uliyati haqida so‘z boradi.

“Biz siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun har tomonlama yordam berishga tayyorligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, — dedi Smadiyarov.

DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlar 23—27-sentabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Xerson viloyatidan tashqari, qolgan uch hududdagi ovoz berishda aholining yarmidan ko‘pi ishtirok etgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva referendum natijalarini qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Shu bilan birga, qator davlatlar, jumladan Serbiya, Turkiya va G7 davlatlari ularni tan olishni istisno qilgan. Avgust oyi boshida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy referendum o‘tkazilsa, Rossiya bilan muzokaralar to‘xtatilishini aytgandi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba referendumlar Kiyevning rejalarini o‘zgartirmasligini qo‘shimcha qilgan.

“Ukraina ushbu hududlarni bosib olingan deb hisoblaydi va kelajakda Rossiya nima deyishidan qat’i nazar, ularni ozod qiladi”, — dedi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi