Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yoqutistondagi Orjonikidze maydonida safarbarlikka qarshi 400 ga yaqin odam, asosan, ayollar norozilik namoyishi o‘tkazdi, deb xabar bermoqda SakhaDay.

Foto: SakhaDay

Foto: SakhaDay

Aksiya Yoqutiston an’anaviy aylana osuoxay raqsi ko‘rinishida o‘tkazildi. Yosh qizlar birinchi bo‘lib qo‘l ushlashdi, ularni yoshi katta ayollar qo‘llab-quvvatladi, shundan so‘ng boshqa namoyishchilar asta-sekin davraga qo‘shila boshladi. “Urushga yo‘q!”, “Genotsidga yo‘q!”, “Chiqib ket!” shiorlari yangradi.

Dastlab politsiya namoyishchilarni tarqalishga undagan, keyin chetga chiqib, ayollarga raqsni davom ettirish ruxsat bergan. Ammo birozdan so‘ng politsiya aylana raqs markazida paydo bo‘lgan. SakhaDay tomonidan e’lon qilingan videoda ayollarning “Farzandlarimizning yashashiga qo‘yib bering!” degan chaqiriqlar eshitiladi.

Biroz muddatdan so‘ng namoyishchilarni hibsga olish boshlangan, qancha odam hibsga olingani noma’lum.

Yoqutiston Jamoatchilik palatasi rahbari Anjelika Andreyeva aksiya chog‘ida “Yoqutistonning markaziy maydonida osuoxay raqsi bo‘lib o‘tmoqda – onalar turmush o‘rtoqlari va o‘g‘illarining tirik qaytishi uchun duo qilmoqda” deya bayonot berdi.

Rossiyada safarbarlikka qarshi harakatlar 21-sentabrda boshlangan. O‘sha kuni Rossiya shaharlarida 1300 dan ortiq odam hibsga olingan. “OVD-Info”ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 24-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlarda 800 dan ortiq odam hibsga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Sport
Boks yulduzi Saul Alvares Messi va Argentina xalqidan uzr so‘radi