Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

41 yoshli tennischi Rojer Federer faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvda kortga chiqdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shveysariyalik tennischi Leyver Kubogida Rafael Nadal bilan juftlik hosil qildi. Ikki afsona Jek Sok va Frensis Tiafo juftligiga yutqazdi (6:4, 6:7, 9-11).

Leyver Kubogiga qadar Federer tizzasidagi jarohat sabab bir yildan oshiq kortga chiqmagandi.

Uchrashuvlar keyin tomoshabinlar bir necha daqiqa Federer ismini aytib hayqirdi. Xayrlashuv vaqtida Rojer ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi, Nadal ham yig‘lab yubordi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Federer 15-sentabr kuni faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.

Shveysariyalik afsona “Ulkan toj”ning 20 karra sohibi hisoblanadi. Umumiy hisobda Rojer 103 ta sovringa ega chiqqan. Tennis tarixida faqatgina Jimmi Konnors (109 ta sovrin) undan oldinda.

Federer faoliyati davomida 310 hafta dunyoning birinchi raqamli tennischisi maqomida bo‘lgan. 2021-yil mart oyiga qadar bu rekord unga tegishli edi, keyinchalik Novak Jokovich uni yangiladi. Birinchilikni qatorasiga saqlab turish bo‘yicha rekord Federerga tegishli — ketma-ket 237 hafta birinchi o‘rinni hech kimga bermagan.

Undan tashqari Federer — Devis Kubogi va Pekinda bo‘lib o‘tgan 2008-yilgi Olimpiada chempioni hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi