Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tgan xalqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida Kamerun bilan bahs yuritdi. Srechko Katanes qo‘l ostidagi jamoa afrikalik raqibi ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Kamerun terma jamoasi noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH—2022 ishtirokichisi hisoblanadi. O‘zbekiston terma jamoasi Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadigan yilda o‘ninchi marta mundial ishtirokchisi bilan o‘ynadi, deya e’tibor qaratdi Alisher Nikimbayev.

Ushbu g‘alabani qo‘shib hisoblaganda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarning uchtasida g‘alaba qozongan. 1994-yilda Osiyo o‘yinlari doirasida Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya mag‘lub etilgan, qolgan barcha o‘yinlar o‘rtoqlik maqomida o‘tgan.

1994-yil

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni 4:1

O‘zbekiston — Janubiy Koreya 1:0

1998-yil

O‘zbekiston — Eron 0:4

2018-yil

O‘zbekiston — Senegal 1:1

O‘zbekiston — Marokash 0:2

O‘zbekiston — Eron 0:1

O‘zbekiston — Urugvay 0:3

O‘zbekiston — Eron 0:1

O‘zbekiston — Janubiy Koreya 0:4

2022-yil

O‘zbekiston — Kamerun 2:0

Qayd etish kerak, O‘zbekiston terma jamoasining keyingi o‘rtoqlik o‘yini ham Qatar mundiali ishtirokchisi — Kosta-Rika bo‘ladi. Mazkur bahs 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi