Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda sochi o‘stirilgani, soqoli olinmagani uchun o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Foto: «Потребитель.Уз»

Foto: «Потребитель.Уз»

Qayd etilishicha, tarmoqdagi holatlar haqiqatdan yiroq bo‘lib, o‘quvchining tashqi qiyofasi uchun ota-onalar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

“Qaychi tadbirlari”

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 142-sonli maktabda ichki ishlar organlari xodimlari, maktab ma’muriyati hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan profilaktik suhbat jarayoni aks etgan video va fotosurat tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Poytaxt IIBning ma’lum qilishicha, 10-sentabr kuni soat 08:30 larda maktab rahbariyati va voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixologlar ishtirokida o‘quvchilar o‘rtasida “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Profilaktik suhbat jarayonida maktab direktori tomonidan o‘quvchilarga maktabda kiyim kiyish qoidalari, tashqi ko‘rinishga ahamiyat berish kerakligi tushuntirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...