Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Barselona” va “Atletiko” Antuan Grizmann borasida kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kataloniyaliklar “Atletiko” bilan muzokara o‘tkazish uchun birinchi qadamni qo‘yishga tayyor. “Barselona” madridliklar hujumchini sotib olishi bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. “Ko‘k-anorranglilar” Grizmann bilan bog‘liq voqea tufayli “Atletiko”ni sudga berish istagidan voz kechgani yo‘q, biroq undan oldin vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga urinib ko‘radi.

“Barselona” Antuan uchun kamida 25 million yevro olmoqchi. Undan tashqari Klub yanvar oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan La Ligadagi jamoalarning o‘yinidan avval masalani hal qilish istagida.

Grizmanning o‘zi ham jamoalar kelishuvga erishishini xohlamoqda. U “matraschilar” o‘zi uchun 40 million to‘lab, tavakkalga yo‘l qo‘yishni istamayotganini tushunib turibdi. Hujumchi Diyego Simeonening ishonchini his qilib turibdi, agarda jamoalar o‘rtasidagi shartlar bo‘lmaganida, o‘yinning 60-daqiqasidan emas, dastlabki daqiqalardan maydonga tushib, “Atletiko”ga ko‘proq yordam berishini mumkinligini tushunmoqda.

Avvalroq madridliklar “Barselona”ga 40 million to‘lamaslik uchun atayin futbolchining 60-daqiqadan so‘ng maydonga tushirayotgani, shuning uchun kataloniyaliklar ularni sudga bermoqchiligi xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?