Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni qoidalarni buzganlikda ayblaydi.
Aprel oyida portugaliyalik futbolchi APLning 32-turida “Everton”ga qarshi o‘yindan so‘ng (0:1) autizmga chalingan bolaning telefonini sindirgan edi. Shundan so‘ng Krishtianu darhol uzr so‘ragan.
FA ushbu voqea bo‘yicha Ronalduga ayblov qo‘yilmoqda. Bayonotda, hujumchi hakam hushtagi chalingandan so‘ng o‘zini tajovuzkor tutgani ta’kidlangan.
“Biz FAning Krishtianu Ronaldu borasidagi bayonotini qabul qilamiz. Futbolchini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deb yozadi “Manchester Yunayted” matbuot xizmati.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)