Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Asirlar bilan ayirboshlashuv doirasida Kiyev Moskvaga siyosatchi Viktor Medvedchukni va 55 nafar rossiyalik harbiylarni topshirdi. Bu haqda telemarafon efirida Ukraina Xavfsizlik xizmati va mamlakat prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.

Viktor Medvedchuk

Viktor Medvedchuk
Foto: “Stopcor.org”

Yermakning so‘zlariga ko‘ra, Medvedchuk 215 nafar ukrain harbiylari, shu jumladan, Mariupoldagi “Azovstal” zavodi himoyachilari va “Azov” polki qo‘mondonligiga almashtirilgan. Shuningdek, Ukraina tomonida jang qilib, asirlikka tushgan o‘n nafar chet ellik ham qaytarilgan.

Ukraina Xavfsizlik xizmati qayd etishicha, Medvedchukning ayirboshlanishi uning ishlari sudda ko‘rib chiqilishiga xalal bermaydi.

Vladimir Zelenskiyning o‘zi “Azov” qo‘mondonligi bilan videoaloqa orqali muloqot qildi. Uning aytishicha, ayirboshlashuv shartlariga ko‘ra, polkning besh komandiri urush oxirigacha Turkiyada bo‘lib turadi. Harbiylar Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning shaxsiy himoyasi ostida bo‘ladi.

Turkiya prezidenti, o‘z navbatida, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi asirlar almashinuvi Anqara vositachiligida amalga oshganini va urushni to‘xtatish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanishini ta’kidladi.

“Muxolifat platformasi – hayot uchun” partiyasi rahbari Viktor Medvedchuk rossiyaparast siyosatchi sifatida tanilgan. OAV uni “Vladimir Putinning qadrdoni” deb ataydi.

2021-yilda Ukraina huquq-tartibot idoralari Medvedchukka davlatga xiyonat va “milliy boyliklarni talon-taroj qilishga urinish” bo‘yicha ikkita ayblov qo‘ydi. Medvedchuk uy qamog‘iga olingan, xabarlarga ko‘ra, u Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan dastlabki kunlarda qochib ketgan. 12-aprel kuni Ukraina rasmiylari Medvedchuk hibsga olingani haqida ma’lum qildi.

Medvedchuk almashinuv doirasida Rossiya tomoniga o‘tkazilishi mumkinligi haqida takliflar bor edi, ammo shu paytgacha bu amalga oshmagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi