Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkentdagi 139 Documentary Center  zamonaviy san’at galereyasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida Tashkent Futures ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Aytish kerakki, ko‘rgazma zaliga kirganlar avvaliga hamma tomonida chiqindi qoldiqlari terib chiqilgan ko‘rgazmani tushinishi qiyin. Biroq uning tub mohiyati, loyiha maqsadi va ijodkorlarning izohlarini tinglagach, aslida bu kabi zamonaviy ko‘rgazmalar qanchalik kerakligi borasida muayyan tasavvur hosil qilinadi.

Ko‘rgazma zalining umumiy ko‘rinishi.

Ko‘rgazma zalining umumiy ko‘rinishi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tashkent Futures — Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi tadqiqot laboratoriyasi ishtirokchilarining qo‘shma loyihasi. Unda shahar, uning tarixi, atrof-muhiti, aholisi kabi jihatlarning majmuasidan ilhomlangan ijodkorlarning ishlari onlayn platformada jamlangan. Ishtirokchilar ekologiya va inklyuziya bilan bog‘liq masalalarni ko‘tarib, Toshkent ekotizimida inson mavjudligining jihatlarini o‘rgangan. Ushbu jarayon natijasi umumiy g‘oyaga birlashtirilgan va deyarli xayoliy shaharni ko‘rsatadigan, tanib olish oson bo‘lgan juda real usullar va konturlarni belgilab beruvchi asosiy leytmotiv ostida to‘plangan ishlardan iborat. Loyiha 2020-yilning bahor, yoz va kuz oylarida ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan.

Aleksandra Volodinaning ishlari

Muallif Aleksandra Volodina ushbu ishini izohlashni “Agar siz atrof-muhitga uzoq vaqt davomida ko‘zingizni yumsangiz, u ham sizga... Keling, yaxshisi yoqimli narsalar haqida gaplashamiz!”, deya boshlaydi. Ishlatilgan ichimliklarning idishlaridan iborat installyatsiyada “Toshkent sizni sevadi” matni Brayl alifbosida yozilgan.

Ijodkorning bu ishida Anhor irmog‘i, chiqindilar, mahallalarning eski devorlarini ilg‘ash mumkin. Muallif Toshkentning shaharsozlik sohasidagi asosiy qismi bu mahalla ekanligini e’tirof etadi. Bunda nafaqat ma’muriy birlik, balki asrlar davomida aholi milliy qadriyatlarining bir qismiga aylangan madaniy makon nazarda tutilishi aytiladi.

Gavhar Ahmadjonovaning ishlari

Gavhar Ahmadjonovaning “Harakatsizlik” video-arti — global isishdan insoniyatning o‘limi muqarrar ravishda yaqinlashayotganini tasvirlaydi.

Gavhar Ahmadjonovaning “Harakatsizlik” video-arti — global isishdan insoniyatning o‘limi muqarrar ravishda yaqinlashayotganini tasvirlaydi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Galereya art-mediatori Madina Islomova ushbu ishni quyidagicha izohlaydi: “Ijodkorning izohidan tushunishimiz mumkinki, inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan iqlim o‘zgarishi dengiz sathining ko‘tarilishi, yog‘ingarchilik miqdori va tabiatining o‘zgarishi, cho‘llarning ko‘payishiga olib keladi. Ushbu video-artda insoniyatning tabiatga noto‘g‘ri muomalasi go‘yoki uni dor ostiga olib kelishi, natijada oyoq ostidagi muzning erishi ya’ni muzliklarning yo‘qolishi, tabiat hodisalari uning bo‘ynidagi sirtmoq tobora zichlashib bo‘g‘ishiga va nihoyat insoniyat halokatiga olib kelishi tasvirlangan”.

Gavhar Ahmadjonovaning “Chiqindi bir umrga?/!” ishi plastik chiqindilarning inson hayotiga mikro, makro va mega darajada kirib borishini tasvirlagan. Muallif ishini yaratishda o‘zi yig‘gan polietilen paketlardan foydalangan.

Gavhar Ahmadjonovaning “Chiqindi bir umrga?/!” ishi plastik chiqindilarning inson hayotiga mikro, makro va mega darajada kirib borishini tasvirlagan. Muallif ishini yaratishda o‘zi yig‘gan polietilen paketlardan foydalangan.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eng pastdagi doirada, mikro daraja — inson organizmidagi mikroplastik tasvirlangan. Olimlar mikroplastikni inson organizmi va qonida aniqlangani haqida tadqiqotlar mavjud. Ikkinchi ishda Tinch, Hind va Atlantika okeanlarida chiqindilardan hosil bo‘lgan ulkan chiqindixona yer yuzidagi suvlarga tarqalib, uni egallayotganini ko‘ramiz. Uchinchi, eng yuqoridagi ishda insonning koinotdagi tadqiqotlari natijasida sun’iy yo‘ldosh va kosmik kemalardan qolgan chiqindilarning yer sayyorasiga zarari tasvirlangan. Olimlarning fikricha, koinotni zararlash insonning koinotga ucha olmaslik xavfini yuzaga keltiribgina qolmay, u yerda hosil bo‘lgan chiqindilarning yer sayyorasiga ham kelib tushishiga zamin yaratadi.

Karina Mirzayevaning ishlari

Karina Mirzayeva o‘zining ushbu ishlarini quyidagicha izohlaydi: “Anhor irmog‘i bo‘ylab yurib, jamoamiz tomonidan to‘plangan ishlatilgan va tashlandiq buyumlar taqdim etilgan. Ushbu jismlarning suratiga boqib, ular o‘zi yotgan “tabiiy” makonda va alohida galereyada san’at obyekti sifatida qanday ko‘rinishini kuzatish mumkin. Bu maishiy chiqindilarni ishlab chiqarishda jismoniy va ijtimoiy kontekstning o‘rni haqida savollar tug‘diradi”.

Ushbu installyatsiyalarga qarar ekanmiz, art-mediator Madina Islomova “Karinaning aytishicha, u Anhor irmog‘ini juda yaxshi ko‘radi, uni Toshkentning asosiy qon-tomirlaridan, deb biladi, yaqinida ko‘p sayr qiladi. Ushbu ishlarida ijodkor odamlar tomonidan irmoq bo‘yiga tashlab ketilgan chiqindilarni yig‘ib rasmga olgan hamda ta’sirchanlikni oshirish uchun ko‘rgazmaga qo‘ygan. Umuman, bu ishlari bilan Karina jamoatchilik e’tiborini Anhordagi ekologik muammoga qaratmoqchi bo‘lgan”, deydi.

Karina Mirzayevaning “Tozalik shahri” ishida Toshkentning qon-tomirlaridan biri bo‘lgan Anhor irmog‘ining bo‘yida yurib to‘plangan chiqindilar bilan “bezatilgan” poytaxt xaritasini ko‘rish mumkin. Muallif mazkur ijod namunasi bilan odamlarni ushbu muammoga kengroq qarash, tozalikka rioya qilish, atrofni ifloslamaslikka chorlashini bildirgan.

Karina Mirzayevaning “Ko‘rinmas chiqindi qutisi” ishi shahar chiqindi qutilarining ijtimoiy “daxlsizlik“ illyustratsiyasi sanaladi. Muallif ishiga izoh berar ekan, “U shu darajada ko‘rinmas va daxlsizki, aksariyat aholi uni ko‘rmaydi va atrofni ifloslayveradi. Bu qutilarning qaysidir ma’noda shaharda yetishmasligi bilan bog‘liqmi yoki maishiy madaniyat yetishmovchiligi bilanmi?“, deydi.

Zaxro-al-Shayxab ishlari

“Bunda siz kimsiz?” nomli ishda muallif Zaxro-al-Shayxab 2 ta muhim muammoni ko‘targan. Birinchisi bu makonning o‘zgarib borayotgani, madaniy chegaralarning yo‘qolishi bo‘lsa, ikkinchisi zamonaviy dunyoda ham it va mushuklarga bo‘lgan shafqatsiz munosabatning saqlanib qolayotgani. Surat o‘rtasidagi, faqatgina ko‘zlar sig‘adigan oynaga boqib, inson o‘zini mana shunday olamda qay o‘rinda ko‘rishi so‘roq ostiga olingan.

Zaxro-al-Shayxabning “Piyoda” ekspozitsiyasi har qanday to‘siq va dardimiz aslida o‘zimizni aks ettirishini anglatadi. Shuningdek, ushbu ishda insoniy “men”imiz hayot yo‘limizda yengib o‘tgan barcha qiyinchiliklar tufayli shakllanadi, degan qarama-qarshi ma’no bor. Olgan jarohat-u, uqubatlarimizga qaramay, biz ularning ustidan o‘tishda davom etamiz. “Piyoda” bizga har bir insonning o‘ziga xos hayotiy “bo‘laklari” borligi va ular bilan o‘ralganligini ko‘rsatadi. Mutaxassisning izohlashicha, “Piyoda” ekspozitasiyasi ortidagi 3 ta kartinada insoniyat bosib o‘tayotgan yo‘llar tasvirlangan. Birinchi kartinada inson qadami va ta’siri yetmagan, tabiiy bo‘yoqlarda aks ettirilgan go‘zal peyzajni ko‘rsak, komiksnamo, syurralistik, abstrakt ikkinchi kartinada insoniyat ta’siri sezilgan, transport izlari mavjud akril bo‘yoqlarda chizilgan manzaraga guvoh bo‘lamiz. Uchinchi kartinada insoniyat tomonidan vayron etilgan yer yuzi, teshilgan ozon qatlami, alanga tasvirlanganini kuzatish mumkin. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi