Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Qodirxon” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Davron Asqarov “Daryo”ning YouTube kanaliga bergan intervyusida moddiy jihatdan ko‘plab qiyinchiliklarga uchragani, tamaddixonada ikki yil ofitsiantlik qilgani haqida so‘zlab berdi.

— “Buxoro” nomli kafeda ikki yil ofitsiantlik qilganman. U yerni samarqandlik insonlar boshqarishardi, ulardan haligacha minnatdorman. Ikki yil davomida kuniga 15 ming so‘mdan pul olib, o‘sha yerda ishlaganman. Chunki oilamga og‘irligim tushishini istamasdim. U paytlari kollejda o‘qirdim, darsdan keyin ofitsiantlik qilaman, deb rosa ish izlaganman. Rus tilini yaxshi bilmaganim uchun ko‘p tamaddixonalar ishga olishmagan. O‘shanda ofitsiantlik qilish ham oson emasligini tushungandim. Boshqa ishxonalarda diplomingiz bo‘lsa ishga olaman degandek, ofitsiantlikning ham o‘ziga yarasha tartib-qoidalari bor ekan. Xudoga shukr, shunday ishlarni qilish ham boshimizda bor ekan. Mehnat qilib, och qolganimiz yo‘q. Erkakning boshida har qanday qiyinchiliklar bo‘lar ekan. Ishonamanki, har bir erkakning ertami-kech, albatta, omadi keladi. O‘sha paytda omadni ushlab qolish va uni qadrlay bilish kerak. Nazarimda, moddiy tomondan berilgan omad ikki xil bo‘ladi. U sizga yaxshilikka, yoki yomonlikka xizmat qiladi. Uni qay tomonga yo‘naltirish esa insonning o‘ziga bog‘liq.Aktyorlikdan omad kulib boqqach, juda ko‘p imkoniyat eshiklari ochildi. Men uchun qiyin bo‘lgan ishlarning bitishi oson bo‘lib qoldi, — deydi Davron Asqarov.

Suhbat davomida u serialga taklif etilmasidan avval klipi bilan ko‘plab telekanallarga borgani va mablag‘i kamligi bois uning kliplarini namoyish etishni istashmagani haqida so‘zlab berdi.

Foto: Instagram / @davronasqarov_official

Foto: Instagram / @davronasqarov_official

— Qo‘shiqchilikni orzu qilib yurgan paytlarim Aziz aka degan yaxshi insonning yordami bilan “Sen” nomli klipni suratga olganman. U paytlarda klip suratga olish eng katta orzularimdan biri edi. Aziz aka klipni telekanallarda aylantirish uchun 8 million pulni bergandi. Pulning summasi aniq esimda, chunki uni yelkaga ilinadigan ryugzagimga solib, birinchi “Zo‘r TV” kanaliga borgandim. Ammo o‘sha paytda kanalda qo‘shiqni bir mahaldan bir oy “aylantirish” 16-18 million so‘m ekanligini aytishdi. “Sakkiz million pulim bor, shu pulga 10 kun bo‘lsa ham klipimni qo‘yib beringlar”, degandim. Alloh omadimni berib, 10 kunda ham odamlar tanib qolar deb umid qilgandim. Ammo kanaldagilar rad etishgan. Keyin “Sevimli” va “My5” kanaliga borganman. Ular ham pul ozligi uchun klipimni namoyish etishmagan. Homiylik qilgan Aziz aka ham qo‘shimcha pul topib berolmagani uchun oxiri klipni internet tarmog‘iga joylash bilan kifoyalanganman, — deydi aktyor Davron Asqarov.

Davron Asqarov tashqi ko‘rinishining birdan o‘zgarishi va to‘lishishi uning foydasiga xizmat qilgani haqida ham so‘zlab berdi.

Foto: Instagram / @davronasqarov_official

Foto: Instagram / @davronasqarov_official

— Ilk klipimdagi tashqi ko‘rinishim bilan bugungisi o‘rtasida katta farq bor. Ilgari ancha ozg‘in edim. “Qodirxon” serialiga taklif etilishdan avval tez vazn to‘play boshladim. Bir necha oyda 80 kg bo‘lib qoldim. Keyin kastingdan o‘tib, serialga tasdiqlangach, hayotda hech narsa bejiz bo‘lmasligini, Alloh biz istagandan ham xayrlisini hozirlab qo‘yganiga yana bir bor amin bo‘ldim. Agar vazn to‘plamaganimda, “Qodirxon”dagi rol menga nasib etmasligi yoki Davronning yordamchilari oldida nimjon ko‘rinib qolishi mumkin edi. Qarangki, Yaratgan klipimni telekanallarda “aylantirolmay” yurgan paytimda menga bundan-da chiroyli muvaffaqiyat hozirlagan ekan, — deydi aktyor Davron Asqarov.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov