• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu — ko‘zbo‘yamachilik”. Yakkabog‘lik deputatlar viloyat hokimi o‘rinbosari boshchiligidagi mas’ullar ishini tanqid qildi

    Xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman kengashi kotibiyati boshchiligidagi ishchi guruh viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev va tuman hokimi Lutfiddin Abdullayev boshchiligida ochilgan ixtisoslashtirilgan maktab ta’mirini ko‘zbo‘yamachilik deb atadi. Bu haqda kotibiyatning Telegram’dagi rasmiy sahifasida ma’lumot berilgan.

    Foto: Xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman kengashi kotibiyati

    Foto: Xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman kengashi kotibiyati

    Qayd etilishicha, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya, tuman deputatlari, tumandagi tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruh “Mevazor” MFYda joylashgan ixtisoslashtirilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini ko‘zdan kechirgan.

    “Prezidentimizning ‘Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida’gi 2022-yil 14-aprel kuni qabul qilingan farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Yakkabog‘ tumanida yaqinda tashkil etilgan, tantanali ochilishi bo‘lib o‘tgan ixtisoslashtirilgan maktabdagi ta’mirlash ishlari bilan tanishdik. Tanishish jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan ixtisoslashtirilgan maktab qurilishi oxirigacha yetkazilmagan. Bino uch qavatdan iborat bo‘lib, uchinchi qavati umuman ta’mirtalab ahvolda”, — deyiladi kotibiyat axborotida.

    Foto: Xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman kengashi kotibiyati

    Foto: Xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman kengashi kotibiyati

    Ma’lumot berilishicha, ixtisoslashtirilgan maktab ta’miri uchun davlat budjetidan 6 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu mablag‘lar hanuzgacha quruvchi tashkilot hisob raqamiga o‘tkazib berilmagan.

    “Natijada ixtisoslashtirilgan maktab uchun ajratilgan mebel jihozlari olib kelinmagan, o‘quvchilari va o‘qituvchilari foydalanishi lozim bo‘lgan kutubxonalar kerakli mebellar bilan jihozlanmagan. Oshxona ta’miri chala qolib, ishga tushirilmagan. O‘quvchilar yashashi uchun yotoqxonalar mavjud emas. Stadion, sport zallari, o‘quv yili uchun umuman tayyor emas. Umuman olganda ixtisoslashtirilgan maktabda hech qanday ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagan”, — deyiladi deputatlar fikri berib boriluvchi rasmiy kanalda.

    Foto: Xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman kengashi kotibiyati

    Foto: Xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman kengashi kotibiyati

    Kotibiyat mas’ullaridan iborat ishchi guruh ta’mirtalab maktabning tantanali ochilishini ko‘zbo‘yamachilik deb nomladi.

    “O‘quv yili boshlanishi avvalida ‘ura-ura’chilik bilan ‘prezident maktabi’ning bunday holatda ochilishi ko‘zbo‘yamachilikdan boshqasi emas. Mas’ul tashkilotlar bu holatga nega jim qarab turibdi? Prezidentimizning mamlakatimizdagi yoshlar uchun shunchalik jon kuydirib chiqargan qaror va farmonlari joylarda ijro etilmasdan qolib ketyaptimi? Maktab direktori nega bu holatga jim qarab turibdi? Bundan kim manfaatdor? Tuman hokiming yoshlar siyosati va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bu holatga nima deb javob beradi? Ishchi guruh azolari bu kabi savollarga javob kutib, yana biroz fursatdan so‘ng ushbu maktabda o‘rganish ishlarini olib boradi”, — deydi o‘rganuvchilar.

    Mavzuga doir: “Yaqin-yaqingacha menga topshiriq berib, palonchini almashtir, pistonchini qo‘y deb keldi”. Yakkabog‘ hokimi Qashqadaryoning sobiq rahbari Zafar Ro‘ziyev hamon uning ishiga aralashishini aytdi (audio)

    15.09.2022, 17:36   Izoh (0)   8748
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

    15.09.2022, 17:34

    Lukashenko: “Belarus uchun Shanxay oilasining to‘laqonli a’zosiga aylanish vaqti keldi”

    15.09.2022, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

    15.09.2022, 17:24

    Belarus ham O‘zbekiston va Rossiyaning “Agroekspress” loyihasiga qo‘shilishi mumkin

    15.09.2022, 16:42

    Andijonda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi

    15.09.2022, 16:35

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi besh kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    15.09.2022, 16:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.