Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Banklar, birjalar, brokerlar va boshqa kompaniyalar oxirgi yillardagiga qaraganda IT-mutaxassislarini jalb qilishi osonlashdi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ilgari moliyaviy kompaniyalar bunday mutaxassislarni ishga olishda qiyinchiliklarga duch kelgan, chunki ular texnologiya va kriptovalyuta kompaniyalarida ishlashni afzal ko‘rgan. Endi esa vaziyat o‘zgarmoqda.

Buning sababi, ko‘plab texnologiya va kriptovalyuta kompaniyalarining iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelib, xodimlarni ishdan bo‘shatganidir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda ushbu sohada jami 75 ming xodim ishdan bo‘shatilgan. Xususan, Microsoft va Facebook yuzlab pudratchilarga ular bilan tuzilgan shartnomalarni muddatidan oldin bekor qilishini e’lon qilgan.

Yirik kompaniyalar, jumladan, Apple va Alphabet yangi xodimlarni ishga olishni to‘xtatib qo‘ydi yoki sezilarli darajada sekinlashtirdi.

Shu bilan birga, bozor o‘zgaruvchanligi sharoitida Nyu-York fond birjasini va boshqa ba’zi birjalarni boshqaradigan Intercontinental Exchange joriy yilda o‘zining texnik jamoasini chorakdan ko‘proqqa oshirdi.

Biz texnologiya va kriptovalyuta kompaniyalari va yetakchi startaplardan nomzodlar oqimini ko‘ryapmiz. Nomzodlar endi mehnat bozoriga, xuddi sarmoyadorlar pasayish davridagi qiymat va moliyaviy ko‘rsatkichlarga qaraganidek, yanada realroq qaramoqda, — dedi Citadel Securities brokerlik kompaniyasining tizimlashtirilgan savdo bo‘limi rahbari Josh Vuds.

Avvalroq Apple 1 haftada 100 ga yaqin xodimini ishdan bo‘shatgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar