Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Tennis bo‘yicha “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi US Open finali 11-sentabr, yakshanba kuni o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Finalda Ispaniya vakili Karlos Alkaras norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi kortga tushdi. To‘rt set davom etgan bahs Alkarasning foydasiga hal bo‘ldi.

Alkaras faoliyatida ilk bor “Ulkan toj” sovrinini yutib oldi va bu natijani qayd etgan Rafael Nadal “Rolan Garros—2005”ni yutgan davrdan keyingi eng yosh tennischiga aylandi.

Ushbu g‘alaba evaziga Alkaras dunyo reytingida birinchi o‘ringa chiqib oldi. 19 yosh-u 4 oylik Karlos reyting peshqadamiga aylangan tarixdagi eng yosh tennischiga aylandi. U Lleyton Hyuittning rekordini (20 yosh-u 9 oylik) deyarli 1,5 yoshga yangiladi.

Alkaras faoliyatidagi oltinchi va joriy mavsumdagi beshinchi sovringa ega chiqdi. Tennischi ushbu mavsumda kortda 7,4 million dollar ishlab topdi va bu borada yetakchi bo‘lib turibdi.

US Open

Final bahsi

Karlos Alkaras (Ispaniya) – Kasper Ruud (Norvegiya)

6:4|2:6|7:6|6:3

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi