Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yangi Zelandiyaning Kaikoura shahri yaqinida qayiq ag‘darilib, besh kishi halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qayiq kit bilan to‘qnashgan, deb yozadi The Guardian.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

Xabar qilinishicha, charter baliq ovlash kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 8,5 metrlik qayiqda 11 kishi — ekipaj a’zosi va 50 yoshlardagi bir guruh ayollar bo‘lgan. Kema ag‘darilganidan so‘ng, odamlarning bir qismi suvga qulagan. Olti kishi qutqarilgan, yana besh kishi kemada tuzoqda qolib ketgan. Ularning hammasi halok bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, guruh yo‘lini to‘sgan kit qayiqni ag‘darib yuborgan bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, fojia vaqtida dengizdagi suv butunlay tinch edi va hech qanday muammo kuzatilmagan. Biroq avvalroq bu hududda bir nechta kashalotlar va dumbali kitlar topilgan.

Kaikoura — kit tomosha qilish uchun mashhur joy. Sayyohlarning kitlar, delfinlar va boshqa dengiz hayotini yaqindan ko‘rishi uchun bir qator korxonalar ularga qayiq yoki vertolyotda aylanishni taklif qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)