Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktablarning birida qizlarning kiyinib-yechinish xonasiga videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgani haqida xabar tarqaldi.

Mazkur holatni izohlagan Xalq ta’lim vazirligi bu — o‘quvchilar o‘rtasida o‘g‘rilik va shunga o‘xshash holatlarning oldini olish, ular o‘rtasida tartib-intizom o‘rnatish, nazoratni kuchaytirish maqsadida qilinganligini bildirdi.

Maktabda qizlarning kiyinib-yechinish xonasida kuzatuv kamerasi bo‘lishi qanchalik to‘g‘ri? “Daryo” muxbiri bu borada kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.

Men maktablardagi qizlar xonasiga kamera qo‘yilishiga qarshiman. Sababi qiz bolaning ibo-hayosi bor. Uni tashqaridan birov kuzatib, ko‘rib turishi aslo mumkin emas. O‘g‘riliklar oiladagi tarbiyaga bog‘liq. Agar maktablarda o‘g‘rilik, bir-birining sumkasini kovlashga qarshi nazorat maqsadida qo‘yilgan bo‘lsa ham bu noto‘g‘ri, — deydi yoshi katta onaxonlardan biri.
Suhbatdosh talabalardan biri ham bu holatni qoralamoqda.
Kamera bo‘lishini xohlamas edim. Kiyinish xonasida har xil holat bo‘ladi. Kamerani kim ko‘rishiga ham bog‘liq. Masalan, kameralarni ayol kishi kuzatmaydi, erkak kishi ko‘radi. Shunda qiz bolaning kiyinib-yechinishini erkak kishi tomosha qiladimi? Shuning uchun noto‘g‘ri deb o‘ylayman, — deydi universitet talabasi oz fikrlarini bildirar ekan.
Fuqarolardan yana biri esa “Bu noto‘g‘ri, chunki qiz bola har xil vaziyatda bo‘ladi. Bu holat internetda tarqalib ketishi mumkin. Umuman kamera bo‘lishi kerak emas”, — demoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojyeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar. Urushning 225-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Yaqinda besh million olgan ekansiz, shu sabab murojaatingiz rad qilindi deb yozaman” — Toshkent viloyati hokimi
Madaniyat
Davron G‘oyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi