Qirolicha Yelizaveta II shifokorlari uning sog‘lig‘idan xavotirda. Bu haqda Bukingem saroyi rasmiy bayonotiga tayanib, BBC xabar bermoqda.
Bugun (8-sentabr) ertalab qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng, qirolicha shifokorlari uning sog‘lig‘idan xavotirlanib, qirolichaga tibbiy nazorat ostida qolishni tavsiya qilgan.
Ayni paytda qirolicha Balmoralda maxsus shifokorlar nazorati ostida.
BBC’ning ma’lum qilishicha, hozirda taxt vorisi shahzoda Charlz va shahzoda Uilyam Shotlandiyaga qirolichaning yoniga yo‘l olishmoqda.
Shuningdek, Kornuol gersoginyasi hamda Kembrij gersogi ham u yerga tomon yo‘lga chiqqan.
Bir kun oldin qirolicha bilan uchrashgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass ham butun mamlakat bu yangilikdan chuqur xavotirda ekanini ta’kidlagan.
96 yoshli Yelizaveta II so‘nggi oylarda sog‘lig‘i sababli muntazam ravishda turli tadbirlarni rad etib kelmoqda edi. Xususan, u iyun oyi boshida taxtga o‘tirganining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalarda deyarli qatnashmagan.
Izoh (0)