Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammiti arafasida Hindistonning The Print internet nashri O‘zbekiston elchisi Dilshod Ahatov bilan intervyu e’lon qildi. Dunyo axborot agentligi suhbatni o‘zbek tiliga tarjima qildi.

Intervyuda elchi Dilshod Ahatov sammitda Eron SHHTning yangi doimiy a’zosi sifatida tanishtirilishini tasdiqlagan. Hozirgi kunda SHHT tarkibiga sakkiz davlat – Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Hindiston va Pokiston kiradi.

“Sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biri SHHTni yanada kengaytirish hisoblanadi. Eron Islom Respublikasining SHHTga a’zo davlat maqomini olish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolanishga allaqachon tayyor. Bu hujjat Yaqin Sharqning ushbu yirik mamlakatining tashkilotimizga to‘liq a’zo bo‘lishiga asos bo‘ladi”, — deydi Dilshod Ahatov jurnalistlarga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, SHHT faoliyatida to‘laqonli a’zo, kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha sherik maqomida ishtirok etish uchun yana 10 ga yaqin mamlakatdan arizalar ham ko‘rib chiqiladi.

“O‘zbekiston raisligida o‘tadigan sammit alohida ahamiyatga ega bo‘lib, barcha mamlakatlarga mintaqaviy va global kun tartibidagi qator dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun o‘z vaqtida va samarali platformani taqdim etadi va shu bilan uning rivojlanishida yangi bosqich ochadi”, — degan diplomat.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi