Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank yurtdoshlarimiz uchun ajoyib tuhfa – kredit kartalarini taqdim etdi. O‘zbekistonda ilk bor foizlarsiz davrga ega ushbu kredit mahsulotini bankka tashrif buyurmasdan rasmiylashtirish mumkin.

Shu kunlarda o‘z farzandlarini maktab va oliygohlarga tayyorlayotgan ota-ona borki topgan-tutganini o‘quv qurollariyu kiyim-kechak xaridiga sarflash bilan band. Ammo ro‘zg‘ordagi kundalik xarajatlar – yeyish-ichish, dori-darmon, transport, kommunal to‘lovlarni ham kechiktirib bo‘lmaydi. Bunday paytda esa O‘zsanoatqurilishbankning 40 kungacha foizsiz kredit kartasi beminnat ko‘makchiga aylanishi shubhasiz.

Shartlari:

Kredit miqdori – 50 000 000 so‘mgacha;

Kredit muddati – 48 oy;

Foizsiz davri – 40 kungacha!

Afzalliklari:

-  Bank ofislari va bankomatlar orqali naqd pul olish;

-  kartadan kartaga, bank hisobraqamlariga va elektron hamyonlarga pul o‘tkazmalari;

-  chet elda kredit kartasidan foydalanish;

-  xorijiy saytlardagi onlayn do‘konlardan tovar va xizmatlarni xarid qilish.

Quyidagi xizmatlar mutlaqo BEPUL:

- kartani ochish va unga xizmat ko‘rsatish;

- SMS-xabarnoma xizmati;

- karta yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan taqdirda uni bloklash;

- mamlakat ichida kredit kartasidan tovarlar, ishlar va xizmatlar haqini to‘lash.

O‘zsanoatqurilishbank kredit kartasiga atigi 4 qadam tashlash bilan ega bo‘lish mumkin:

1-qadam: smartfonga “Joyda” mobil ilovasini yuklash;

2-qadam: “Joyda”ga ish haqi kartasini ulash;

3-qadam: “Joyda” orqali onlayn ariza yuborish;

4-qadam: kredit kartani olib, zarur kredit miqdorini qayd etishi.

O‘zsanoatqurilishbank kredit kartalari bilan imkoniyatingizni kengaytiring!

Batafsil: https://www.sqb.uz/uz/individuals/credits/credit-cards/

Aloqa markazi: 1180; +998 71 200-43-43

Bank axborot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi