Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida xonadondan 900 ming so‘m o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tuman ichki ishlar bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, 5-avgustdan 6-avgustga o‘tar kechasi noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida tumanning “Chorsu” mahallasida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan Q.O.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli 900 ming so‘m pulni yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tumani IIB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan kechiktirib bo‘lmas surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumani “Degrezon” mahallasida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan M.M. ismli shaxs sodir qilgani aniqlangan.

Natijada jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanib, hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)