Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Dunyodagi eng yirik Norvegiya davlat pensiya fondi 2022-yilning birinchi yarmida rekord darajada — 174 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: International Banker

Foto: International Banker

Fondning investitsiya yo‘qotishlari yanvardan iyungacha 14,4 foizni tashkil etdi, bu fondning 26 yillik tarixidagi har qanday olti oylik davr uchun eng katta ko‘rsatkichdir.

Norvegiya davlat pensiya fondi 1990-yilda tashkil etilgan. Fondni boshqarish uchun mas’ul Norges Bank Investment Management Norvegiya markaziy bankining bo‘linmasi hisoblanadi.

Hozirda fond dunyodagi barcha aksiyalarning qariyb 1,4 foiziga egalik qiladi — 70 dan ortiq mamlakatning 9 mingdan ortiq kompaniyalari aksiyalariga ega.

Fond Apple, Microsoft, Alphabet (Google xolding kompaniyasi), Amazon va Nestle aksiyadorlik portfelida eng katta ulushga ega, obligatsiyalar portfelida AQSH, Yaponiya va Germaniya davlat obligatsiyalariga ega.

Qayd etilishicha, fondning eng katta foiz yo‘qotishi 2008-yilga to‘g‘ri kelgan, o‘shanda jahon moliyaviy inqirozi uning qiymatini 23 foizga pasaytirgan.

Avvalroq jahonning beshta asosiy tovar sanoati energiya inqirozini boshdan kechirayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi