Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2022-yilning 1-yanvar holatiga ayol rahbarlar boshqaruvidagi 16 359 ta kichik korxona va mikrofirmalar 2021-yilda 2,3 trillion so‘m sof foyda olgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, xuddi shu davrda erkaklar boshqaruvidagi 121 746 ta kichik korxona va mikrofirmalar 2021-yilda 27,9 trillion so‘m sof foyda olgan.

O‘rta hisobda bitta tadbirkorlik subyektiga to‘g‘ri keladigan sof foyda miqdori tadbirkor erkak rahbarligidagi kichik tadbirkorlik subyektlarida 229,7 million so‘mni tashkil etgan. Tadbirkor ayol rahbarligidagi korxonalarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 141,4 million so‘mni tashkil etgan.

2022-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida tadbirkor ayol rahbarlarning iqtisodiy sohalar bo‘yicha faoliyati:

  • savdo sohasida – 14 147 ta;
  • xizmatlar sohasida – 10 057 ta;
  • sanoatda – 5 543 ta.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trln soʻm kredit ajratiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Mahalliy
Abduqodir Mo‘minov tovlamachilik va firibgarlikda ayblanmoqda