Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zarxiv” agentligi tomonidan 130 ta vazirlik va idorada arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati o‘tkazildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tekshirishlarning 14 tasi agentlik tomonidan, 125 tasi arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan, shulardan 138 tasi rejaga muvofiq, 1 tasi prokuratura organining tashabbusi bilan o‘tkazilgan.

Toshkent Farmatsevtika institutida va Jizzax viloyati davlat arxivida o‘tkazilgan tekshirishlar bo‘yicha to‘plangan materiallar prokuratura organlariga taqdim etilgan va Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tekshirishlar natijasida tashkilot va korxonalarda saqlanayotgan Milliy arxiv fondiga kiritilgan idoraviy saqlov muddati tugagan 100 ming saqlov birligidan ziyod arxiv hujjati tegishli davlat arxivlariga topshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi