Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Samsung kompaniyasi Z Flip4 va Z Fold4 smartfonlarini taqdim etdi. Endi yangi avlod bukiladigan qurilmalariga O‘zbekiston aholisi oldindan buyurtma berishi munkin.

Galaxy Z Flip4 va Z Fold4 — bu universallik chegaralarini kengaytiruvchi mobil qurilmalardir. Yangi qurilmalar ayniqsa hayotning shiddatli maromida har bir daqiqadan rohatlanishni xohlaydiganlarga yoqishi shubhasiz. Qurilmalar ichkaridan va tashqaridan to‘liq personallashtirilgan bo‘lib, FlexCam bilan jihozlangan. Flagmanlik innovatsiyalar hatto eng nozikta’b foydalanuvchilarni ham befarq qoldirmaydi.

Galaxy Z Flip4: individuallikni namoyon eting

Galaxy Z Flip4 smartfoni avvalgi qurilmalar va innovatsion texnologiyalarning eng yaxshi funksiyalarini o‘zida mujassam ettirgan. Uning noyob yig‘ma shakli faol kishilar uchun qulay.

Galaxy Z Flip4 smartfonining imkoniyatlari cheksiz. FlexCam qo‘llarni ishlatmasdan videoga olish va selfi qilish imkonini beradi, gadjetni hatto ochishga ham hojat yo‘q. Yuqori sifatli tasvir, “Portret” rejimidagi fotosuratlar – bularning hammasi sutkaning istalgan paytida Quick Shot rejimida ishlaydi. Smartfon kamerasi Snapdragon® 8+ Gen 1 mobil platformasi asosidagi 65 foizga yorqinroq matritsa bilan jihozlangan. Video va fotosuratlar ravshan chiqadi.

Sig‘imi 3700 mAs bo‘lgan akkumulyator qurilmaning uzoq vaqt ishlashini ta’minlaydi.  Super fast charging tez zaryadlash funksiyasi har doim aloqada bo‘lish imkonini beradi.

Yangi Galaxy Z Flip4 qurilmasi bejirim dizaynga ega: kontrast qoraytirilgan orqa oyna, yaltirab turuvchi silliq metall ramka. Tashqi va asosiy ekranlarda ko‘rkam Galaxy mavzusini tanlash, fonni bezash va soatlarning yangi variantlaridan birini tanlash mumkin.

Galaxy Z Fold4– yuqori unumdorlik va ko‘p vazifani bajarish uchun imkoniyat

Galaxy Z Fold4 — Samsung lineykasidagi eng kuchli smartfon. U o‘zida har qanday holatda ham (yopiq, ochiq, Flex holatlarda) yuqori darajadagi funksionallikni birlashtirgan. Bu maxsus Android 12L versiyasi bilan jihozlangan hamda katta ekranli qurilmalar uchun ishlab chiqilgan yagona smartfon.

Z Fold4 vazifalar paneli deyarli shaxsiy kompyuterdagi kabi joylashgan bo‘lib, unda yaqinda ochilgan yoki tanlangan ilovalarni tez topish mumkin. Yangi varaqlash harakatlari yordamida bir zumda turli rejimlarga o‘tish, ya’ni ekranni ikkiga bo‘lish, to‘liq ekranli ilovalarni qalqib chiquvchi formatga o‘tkazish mumkin.

Samsung kompaniyasining Google va Microsoft kompaniyalari bilan birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli Z Fold4 smartfonining innovatsion funksiyalari ko‘p vazifalilikni yangi darajaga chiqardi. Drag-and-drop funksiyasi fayllardan tez nusxa ko‘chirish va fayllarni, havolalarni bir ilovadan ikkinchisiga tezkorlik bilan qo‘yish imkonini beradi. Google Meet bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli odamlar bilan onlayn muloqot qilishga imkon yaratadi. S Pen funksiyasi yurib ketayotgan paytda chizish va qaydlar qilish imkonini beradi.

50 MPli keng burchakli obyektiv va 30 karrali Space Zoom obyektivi tufayli fotosuratlar va videotasvirlar aniq va yorqin chiqadi. Kattalashtirilgan piksel o‘lchami hatto tunda ham sifatli tasvirga olish imkonini beradi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, ko‘ngilochar servislardan foydalanish ham yanada qulayroq bo‘ldi. 7,6-dyuymli yorqin ekran 120 Gs yangilanish chastotasiga moslashtirilgan. Sevimli kontentni qo‘llarsiz Flex rejimida ko‘rish mumkin.

Snapdragon® 8+ Gen 1 kuchli mobil platformasi va o‘ta tez ishlaydigan 5G Internet o‘yinlarning tez boshlanishini ta’minlaydi.

Z Flip4 va Z Fold4 smartfonlari — bu Samsung kompaniyasining eng mustahkam bukiladigan qurilmalari. Asosiy ekran zarbalar va suv tushishidan himoyalangan.

Galaxy Buds2 Pro: musiqadan to‘liq rohatlan

Samsung kompaniyasi top toifasiga kiruvchi quloqchinlarni taqdim etdi. Ularning yuqori dinamik diapazonini Hi-Fi 24bit Audio texnologiyasi ta’minlaydi. Ergonomik dizayn va yaxshi o‘rnashishi musiqadan rohatlanish, sport bilan shug‘ullanish hamda yurayotgan paytda qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini beradi. Yangi TV Seamless Connection yordamida musiqa tinglashdan TV tomosha qilishga tezda o‘tish mumkin. Galaxy Buds2 Pro uch rangda mavjud: grafit rang, oq va binafsha rang.

Flagmanlarga oldindan buyurtma berish ishlari 1-sentabrgacha davom etadi. Birinchi xaridorlar qimmatli sovg‘alarga ega bo‘ladi, xususan: Galaxy Watch4 va Galaxy Watch4 Classic smart-soatlariga . Sotuvlar 2022 yil 2-sentabrdan boshlanadi.

Oldindan buyurtma berish shartlari haqida samsung.uz rasmiy saytidan bilish mumkin.

Ko‘mak xizmatining raqami: 7799

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Afg‘oniston prezidenti Najibulloning o‘ldirilishi, Rozett toshlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lgan Shampolyon va Klivlenddagi ekologik falokat. Kun xronologiyasida 27-...
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar