Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Mashhur Kardashyan-Jenner oilasining bu vakili haqida juda ko‘p narsa ma’lum. Biroq “Lisa.ru” nashri dunyoga mashhur qizning tarjimayi holiga doir yangi faktlarni to‘pladi.

Olimpiya chempionining qizi

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kayli Jenner 1997-yil 10-avgust kuni Kris va Bryus Jenner oilasida tug‘ilgan. Uning otasi yoshligida omadli sportchi edi: 1976-yilda u Monreal Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan va o‘z rekordini o‘rnatgan.

Bolalikdagi qiyinchiliklar

Kayli o‘n yoshga to‘lganda, uning oilasi Amerikada juda mashhur bo‘lgan “Kardashyanlar oilasi” shousini tashkil qilishadi. Qiz uchun televizor kameralari va ko‘pchilikning e’tiborida bo‘lish qiyin bo‘lmagan, ammo u tanqid va salbiy munosabatlarga toqat qilolmasdi.

“Taxminan 9 yoshimda, shouni suratga olishni boshlaganimizda odamlar ustimdan kulib, masxara qilishardi. Deyarli har kuni o‘zim haqimda yomon gap eshitardim. Va bu meni o‘zgartirdi. Menimcha, ahmoq odamlarning fikrlarini tinglaganim uchun o‘zimning ko‘plab yaxshi fazilatlarimni unutmaganman”, — deydi yulduz.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uydagi ta’lim

Jenner nufuzli maktabda tahsil olgan, ammo hamma oilaviy realiti-shou haqida gapira boshlagach, uning sinfdoshlari bilan o‘qishni davom ettirishi qiyin bo‘ldi. Tez-tez tanqid qilishlari va ustidan kulishlari unga yomon ta’sir qilardi. Shuning uchun ota-onasi uni uyda ta’lim olishiga qaror qilishdi.

Kosmetik brend yaratish

2015-yilda Kayli o‘zining “Kylie Cosmetics” kosmetika tarmog‘ini ishga tushirdi va mashhur bo‘lib ketdi. Keyinchalik qiz buni o‘zida mavjud bo‘lgan komplekslar tufayli yaratganini aytadi. U kosmetika u va boshqa ayollarga o‘zlariga ishonish hamda tashqi ko‘rinishdagi kamchiliklarga e’tibor bermaslikka yordam berishiga ishonadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Orzu qilgan kasbi

Kayli bejizga kosmetika ishlab chiqarishni boshlamadi. Gap shundaki, u doimo do‘stlari va yaqinlariga pardoz qilishni yaxshi ko‘rardi. Jennerning aytishicha, u bir vaqtlar vizajist bo‘lishni orzu qilgan.

Makiyajni yoqtirmaydi

Ammo Kayli o‘zi kosmetik vositalardan foydalanishni yoqtirmaydi. Bundan tashqari, kundalik hayotda pardoz qilmaslikni afzal ko‘radi, lekin omma oldida u makiyajsiz ko‘rinish bermaydi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“O‘'zimni har kuni pardozda yurish uchun hali yoshlik qilaman, deb hisoblayman. Axir, bu teri uchun zararli. Lekin tez-tez turli tadbirlarga, shoularga borib turaman. Va, albatta, men u yerda chiroyli ko‘rinishni xohlayman”, — deb tushuntiradi milliarder.

Yosh milliarder

Kayli dunyodagi eng boy qizlardan biri hisoblanadi. Bir necha yil oldin uning boyligi bir milliard dollardan ko‘proq edi. Qizig‘i shundaki, u bu borada hattoki o‘zi ishlab topgan puli bo‘yicha mashhur opasi Kim Kardashyandan ham o‘zib ketgandi.

Reklama narxi

Jenner nafaqat kosmetika, balki reklama orqali ham pul topadi. Uning ijtimoiy tarmoqlaridagi posti 1 million dollarga teng.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kumiri

Ma’lum bo‘lishicha, Kayli Ledi Gagani juda yaxshi ko‘radi va ko‘pincha uning suratlaridan ilhomlanadi. “Men Ledi Gaga bilan Aleksandr Vangning moda ko‘rgazmasida tanishgandim. Rostini aytsam, uni juda yaxshi ko‘raman. O‘shanda u mening oldimga kelib: “Menimcha, sen ajoyibsan. Nima qilsang ham, odamlar seni yaxshi ko‘radi”, degan. Ya’ni u menga birovlar uchun o‘zgarmasligim kerakligini aytgan. O‘shandan beri aslimdek bo‘lishga harakat qilaman”, — deydi milliarder.

Sevimli kamchilik

Jenner fotosuratlarini fotoshop qilishni yaxshi ko‘radi, lekin shu bilan birga, u oyog‘idagi katta chandiqni yashirishga urinmaydi. Kayli besh yoshligida opasi bilan bekinmachoq o‘ynab, oyog‘ini temirga urib olishi oqibatida chandiq qolgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Orzu

Kaylining eng katta orzusi fermer bo‘lish deb kim o‘ylabdi deysiz — faqat yulduz ijtimoiy hayotni tark etishga va tinch joyga borishga tayyor bo‘lgunga qadar.

“Ba’zida 30 yoshga to‘lganimda oilam bilan Malibudagi fermada yashashimni tasavvur qilaman. U yerda tovuq boqamiz. Oldimga qo‘ygan navbatdagi vazifa — bog‘dorchilikni o‘rganish”, — deydi Jenner.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...