Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Hozir butun dunyodagi odamlarning 63 foiz qismi internetdan foydalanadi. Qariyb 1 yillik davr mobaynida internet foydalanuvchilari soni 200 millionga ortgan. Bu haqda Innovastion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foydalanuvchilarning asosiy qismi (92,4 foiz) mobil qurilmalar orqali internetdan foydalanadi. 4,65 mlrd odam esa ijtimoiy tarmoqlarda faol.

Dunyo bo‘yicha 3 milliarddan ortiq messenjer foydalanuvchilar mavjud. Eng ko‘p foydalanuvchiga ega bo‘lgan platformalar Facebook va WhatsApp bo‘lib, 2,5 milliarddan ortiq odam ulardan foydalanadi.

Bundan tashqari bir qancha rivojlangan mamlakatlarda milliy messenjerlar ham mavjud. Jumladan, Yaponiyada Line, Janubiy Koreyada KakaoTalk va Xitoyda WeChat.

Statista.com sayti eng ommabop messenjerlar ro‘yxatini e’lon qilgan:

  • WhatsApp — 2 mlrd;
  • Wechat — 1,3 mlrd;
  • Facebook Messenger – 988 mln;
  • QQ – 574 mln;
  • Snapchat – 557 mln;
  • Telegram – 550 mln foydalanuvchiga ega.

Eng ommabop messenjer WhatsApp’dan:

  • bir kunda 100 milliarddan ortiq xabar yuboriladi;
  • mobil qurilmalar orqali bir kunda ilovadan o‘rtacha 38 daqiqa foydalaniladi;
  • 26-35 yosh atrofidagi foydalanuvchilarning ulushi 27 foizni tashkil etadi;
  • foydalanuvchilarning 46,1 foizi ayollarni tashkil etadi.

O‘zbekistonda eng ommabop messenjerlar ro‘yxati:

  • Telegram — 80 foiz;
  • WhatsApp — 22 foiz;
  • Facebook Messenger — 6 foiz.

Datareportal.com ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston aholisining qariyb 70 foiz qismi internet foydalanuvchisi hisoblanadi. Aholining 18,3 foiz qismi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi.

Mamlakatda foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p Instagram ijtimoiy tarmog‘idan foydalaniladi. Hozirgi kunda ushbu tarmoqdan foydalanuvchilar soni 4,8 milliondan ortiq.

Ularning 34,4 foiz qismi ayollar, asosiy qismi yoshlarni (18-35 yosh) tashkil etadi.

Avvalroq O‘zbekistonda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjer yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

“Milliy messenjer va ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha startap loyihalar” mavzusidagi “startap” loyihalar tanlovi uchun arizalar 2022-yil 31-iyuldan 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi