Toshkent viloyati Uchtepa tumanida to‘xtatilgan Lacetti haydovchisi qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi.
2022-yil 7-avgust kuni soat 09:50 larda, Uchtepa tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Iskandarov va B.Shavkatovlar tomonidan TXAY ko‘chasi bo‘ylab “O‘rikzor savdo kompleksi” qarshisida harakatlanib kelayotgan Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchi, 1973-yilda tug‘ilgan A.A.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2022-yil 16-iyun kunidan buyon qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.A. Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.
Izoh (0)