Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Geoaxborot texnologiyalar va navigatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Ibragimov "O‘zbekkosmos" agentligi tomonidan yarim yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Samarqand viloyatidagi 16,8 ming kilometr kvadrat maydonda o‘tkazilgan kosmik monitoringining tizimli tahlili jami 279 ta qazilma konlaridan 119 tasida ehtimoli yuqori bo‘lgan noqonuniy geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, qazish va chegara buzilishi kabi qonunga zid harakatlar aniqlangan.

“O‘zbekkosmos” agentligi kosmik monitoringda Bo‘stonliq tumanida 2 yil davomida foydalanilmayotgani hamda 413 ta ma’lumoti to‘liq bo‘lmagan obyektni aniqlagan.

Bo‘stonliq tumanida joylashgan o‘rmon qoplamini aniqlanib va raqamlashtirilib, ekilgan daraxtlar, ularning turlari va maydonlari tasniflandi. Hozirda butun Toshkent viloyati kesimida barcha o‘rmon qoplamlarini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Yuqori aniqlikdagi kosmik suratlarni tahlil qilish natijasida sel-suv toshqinlari yuvib ketish xavfi o‘ta yuqori bo‘lgan hududlarda joylashgan binolarni aniqlash bo‘yicha faoliyat yo‘lga qo‘yilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi